Bahodir Jalolov nigeriyalik raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi — video

Bahodir Jalolov boks oqshomining birinchi raundidayoq raqibini nokautga uchratdi va g‘alaba qozondi.
Sputnik
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Bugun, 27-avgust kuni o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov nigeriyalik Onorede Ehvaremega qarshi ringga ko‘tarildi.

Bahodir Jalolov AQShning Oklaxoma shtatida o‘tkazilgan boks oqshomining birinchi raundidayoq raqibini nokautga uchratdi va g‘alaba qozondi.

Shu tariqa Jalolov professional ringdagi 13-g‘alabasini nishonladi.
Bahodir Jalolov professional boksda 12-marta ringga ko‘tarilgan va ularning barchasida raqibini muddatidan oldin mag‘lub etgan. Ehvareme esa 22 ta jang o‘tkazib, ularning 20 tasida g‘alaba qozongan, 2-marta mag‘lub bo‘lgan va 19-marta janglarni muddatidan oldin g‘alaba bilan yakunlagan.