Ukrainadan ma’nosiz provokatsiyalar davom etmoqda — Belarus chegara qo‘mitasi

Belarus chegara qo‘mitasi Ukraina bilan chegarada yangi provokatsiya haqida e’lon qildi.
Sputnik
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Belarusning Ukraina bilan chegara hududida yangi provokatsiya holati kuzatildi. Bu haqda RIA Novosti Belarus Davlat chegara qo‘mitasiga tayanib xabar berdi.
Davlat chegara qo‘mitasi ma’lum qilishicha, Ukraina tomonidan chegarada yangi provokatsiya qayd etildi. Unga ko‘ra, noma’lum shaxs Belarus hududiga kirib, chegara postiga harbiy kiyim elementlarini osib qo‘ygan.
“Ukraina hududidan ma’nosiz provokatsiyalar davom etmoqda. Kecha, 25-avgust kuni Ukraina bilan chegaradagi Mozir chegarachilari chegara ustunlaridan birida harbiy kiyim elementlarini topdishdi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, “qolgan izlarning dastlabki surati noma’lum shaxs chegarani Ukraina hududidan kesib o‘tganini ko‘rsatmoqda”.
Aytilishicha, Ukraina tomonining bunday harakatlari Belarus chegarachilarining javobini qo‘zg‘atishga bo‘lgan befoyda va kulgili urinishlardan boshqa narsa emas.