TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Germaniyada o‘tayotgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik Artur Guliyev oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Kanoechi 200 metr masofaga kechgan hal qiluvchi poygada eng yaxshi natijani qayd etib chempionlikka erishmoqda.
Germaniyadagi JChda o‘zbekistonlik Artur Guliyev oltin medalga ega chiqdi
© NOK
“Bu mazkur sportda jahon chempionatlarida 13-yil kutilgan oltin medal”, deyiladi xabarda.
So‘nggi bor Vadim Menkov 2010-yilgi dunyo birinchiligida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan edi.
S1 200 m:
1. Artur Guliyev (O‘zbekiston) – 38.729
2. Xoan Moreno (Ispaniya) – 38.769
3. Oleksii Koliadix (Polsha) – 39.046