TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev bir guruh chet el investorni mukofotladi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Prezident O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan bir guruh chet el investorlarini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi. Unga ko‘ra 8 nafarchet el investor "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlandi.
1.
Gurjiy Stepan Leonidovich - Rossiya Federatsiyasi "Lukoyl" aksiyadorlik jamiyatining Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bo‘yicha vitse-prezidenti2.
Muxammad Abunayan - Saudiya Arabistoni Podshohligi "ACWA Power" kompaniyasi boshqaruvi raisi3.
Muxammad Jamil Al-Ramaxiy - Birlashgan Arab Amirliklari "Masdar" kompaniyasi bosh ijrochi direktori4.
Jemil Kazanji - Turkiya Respublikasi "Aksa Energy" kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi5.
Mexmet Jengiz - Turkiya Respublikasi "Cengiz Holding" kompaniyasi asoschisi6.
Shandor Chani - Vengriya Respublikasining "OTP Bank" boshqaruvi raisi7.
Seyfollax Gasemi - Amerika Qo‘shma Shtatlarining "Air Products" kompaniyasi boshqaruvi raisi8.
Peris Muratoglu - Fransiya Respublikasining "Total Eren" kompaniyasi boshqaruvi raisiMazkur mukofot investorlarga mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, diplomatik, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni kengaytirishga qo‘shayotgan katta hissasi uchun berildi.