Sirdaryolik Temur Ixtiyorov internetda video tomosha qilib, ko‘rsatilgan qo‘llanmalardan foydalanib, uyda mustaqil ravishda inkubator yasadi va o‘z biznesini ochishga muvaffaq bo‘ldi.
Uning imkoniyati cheklangan va u jiddiy qon kasalligidan aziyat chekadi. Biroq oilasiga yordam berish istagi uni taslim bo‘lmaslik va daromad keltiradigan kasbni izlashga undadi.
"Og‘ir jismoniy mehnat qilish menga mumkin emas. Shu tufayli uyda bekor o‘tirmaslik uchun men inkubator yasashga qaror qildim. Daromad, hech bo‘lmaganda oilaga yordam", deydi u.
Temur doim uni sog‘ligiga ta’sir qilmaydigan va yaxshi daromad keltiradigan ish topishni orzu qilardi.
"Albatta, inkubatorni bir kunda yasashni iloji yo‘q. Men uni qanday yasash xaqida 2 kun o‘yladim. Keyin hamma narsani sotib oldim va 3-4 kun ichida yasadim", deya qo‘shimcha qildi u.
Inkubator yasab, o‘z biznesini boshlagan o‘zbek yigiti hikoyasi – Sputnik videosida.