Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiyaga hujum qilishga uringan 42 ta Ukraina droni yo‘q qilindi

Rossiya Mudofaa vazirligi Qrimda 42 ta dronni havo mudofaasi va elektron urush orqali zararsizlantirilganini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Ukraina harbiylari kecha tunda 42 ta samolyot tipidagi dron yordamida Qrimga hujum qilishga urindi, ularning barchasi zararsizlantirildi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi.

Qrim Respublikasi hududiga havo hujumidan mudofaa tizimi yordamida 9 ta pilotsiz uchar apparat yo‘q qilindi, 33 tasi radioelektron kurash tizimi yordamida bostirildi va nishonga yetmay qulab tushdi, — deb qo‘shimcha qilindi vazirlikda.

Erta tongda Sevastopol gubernatori Mixail Razvojayev Xersones yaqinida dengiz uzra bir nechta dronlar yo‘q qilingani, qurbonlar va vayronagarchiliklar yo‘qligini ma’lum qilgandi.
Bundan tashqari, Kaluga viloyati osmonida havo mudofaa tizimlari qayta ishlangan S-200 kompleksining Ukraina raketasini urib tushirdi. Qurbonlar va vayronalar yo‘q.

Dronlar hujumi

Ukraina Qurolli kuchlari so‘nggi paytlarda pilotsiz uchar apparatlar yordamida Rossiyaning markaziy qismi va Moskvada muntazam ravishda teraktlar uyushtirishga urinib kelmoqda. Kuni kecha Bransk viloyatida ikkita dron urib tushirildi, yana biri Kaluga viloyati hududida yo‘q qilindi.
Bir kun oldin Ukraina Moskvada yaqinidagi obyektlarga uchta uchuvchisiz dron bilan hujum qildi: ulardan ikkitasi Moskva viloyatining Mojaysk va Ximki tumanlarida havo hujumidan mudofaa kuchlarini urib tushirdi, biri radioelektron kurash tizimi bilan bostirildi, uchar apparat Moskva shahri hududida qulab tushdi va qurilayotgan majmua minoralarining biriga zarar yetkazdi. Hujum natijasida hech kim jabrlanmadi.