TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Donald Tramp qamoq surati bor AQShning ilk sobiq prezidentiga aylandi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Tramp suratni Twitter (hozirda X) da e’lon qildi. Bu uning 2021-yildan beri ilk tviti bo‘ldi.
Donald Tramp qamoq surati bor AQShning ilk sobiq prezidentiga aylandi.
© RIA Novosti
X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘i egasi Ilon Mask AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning 2021-yildan buyon ilk tvitiga javob qaytardi.
“Keyingi daraja”, - deb yozadi Ilon Mask.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Fulton okrugidagi qamoqxonada rasman hibsga olindi. Uning ma’lumotlari - ismi, yoshi, manzili, tashqi ko‘rinishi va ayblovchi maqolalar - Tramp yaqinda hokimiyatga taslim bo‘lgan Fulton okrugi qamoqxonasi veb-saytida paydo bo‘ldi.
U qamalganidan 20 daqiqa o‘tib 200 ming dollar garov evaziga ozodlikka chiqdi. Tramp Jorjiya shtatida qisqa vaqt ichida hibsga olinganidan so‘ng o‘zini hech narsada aybdor emasligini va unga nisbatan ochilgan ish saylovlarga aralashish ekanini aytdi.