C5+1 sammiti ilk bor Nyu Yorkda AQSh prezidenti ishtirokida bo‘lib o‘tadi

AISh prezidenti tashabbusi bilan S5+1 formatidagi uchrashuv bu yil BMT Bosh Assambleyasi doirasida bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Sentabr oyida Nyu-Yorkda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarldari va AQSh prezidenti o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuv AQSh prezidenti tashabbusi bilan Nyu-York shahrida BMT Bosh Assambleyasi tadbirlari doirasida bo‘lib o‘tadi.
Bu haqida bugun AQSh Senati Milliy xavfsizlik va hukumat ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Geri Pitersning O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvi vaqtida ma’lum bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyev va Geri Piters shuningdek mintaqaviy kun tartibidagi masalalar, qo‘shma loyihalarni ilgari surish maqsadida parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish muhokama qilindi.
S5+1 formatidagi uchrashuvlar

S5+1 ko‘rinishidagi uchrashuvlar Markaziy Osiyoning beshta davlati – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlari va AQSh Davlat kotibi o‘rtasida hamkorlikni yaxshilash va umumiy masalalarni muhokama qilish maqsadida o‘tkaziladi.

C5+1 formatidagi uchrashuvlar birinchi marotaba 2015-yilda o‘kazilgan va shu vaqtdan boshlab har yili bir marotaba o‘tkazib kelinmoqda. Shu kunga qadar ushbu formatdagi uchrashuvlar asosan Markaziy Osiyo davlatlari hududida bo‘lib o‘tgan va ularda AQSh prezidenti ishtirok etmagan.