O‘zbekiston va YeOII

Oktabrda Bishkekda YeOII mamlakatlari bosh vazirlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

Bo‘lajak Yevroosiyo hukumatlararo yig‘ilishida “Peterburg deklaratsiyasi” loyihasi ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Yevroosiyo hukumatlararo kengashining navbatdagi yig‘ilishi 26-27 oktabr kunlari Bishkekda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati xabar berdi.
“Navbatdan tashqari yig‘ilish yakunlariga ko‘ra hukumatlar rahbarlari Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi kengashiga “Peterburg deklaratsiyasi” loyihasini uni 2023-yil 26-27 oktabr kunlari Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan bo‘lajak Yevroosiyo hukumatlararo yig‘ilishida yakuniy ko‘rish chiqish maqsadida ishlab chiqishni topshirishdi”, - deyilgan xabarda.
24 avgust kuni Armanistonning Saxkadzor shahrida Yevroosiyo hukumatlararo kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalgi Yevroosiyo hukumatlararo kengashin yig‘ilishi 7-9 iyun kunlari Sochida bo‘lib o‘tgan edi. Yig‘ilishda, jumladan, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ham qatnashgan.
YeOII 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lgan. Moldova va Kuba ham kuzatuvchi maqomiga ega.
O‘zbekiston va YeOII
YeOII G‘arb bosimida mustahkamlik sinovidan o‘tmoqda – Mishustin