TOShKENT, 25 avg — Sputnik. O‘zbekistonda 15 yoshga to‘lmaganlarga ishlashga ruxsat berildi, lekin faqat uchta sohada va muayan shartlar asosida. Bu haqida Vazirlar Mahkamasining 24-avgust kuni e’lon qilingan 419 sonli qarorida aytib o‘tilgan.
Qarorda 15 yoshga to‘lmagan shaxslar bilan mehnat shartnomalari tuzish shartlari, ular ishlari mumkin bo‘lgan 219 ta kasblar ro‘yxati va mehnat faoliyati oqibatida voyaga yetmagan fuqarolarga qanday zarar yetkazilmasligi aniq belgilab qo‘yilgan.
Xususan, yosh fuqarolar kino, televidenie, radio, madaniy-tomoshalar, ijrochilik faoliyati, jurnalistika, professional sportchilar, rassomchilik va boshcha sohalarda ishlashi mumkin.
Q️onunda, shuningdek, ushbu faoliyatlarga 5 yoshga to‘lmagan shaxslarni ishga qabul qilishda ish faoliyati ularning sog‘lig‘iga va ma’naviy kamol topishiga ziyon yetkazmasligi aniqlanishi ha qonunchilikda belgilangan boshqa talablarga rioya qilish kerak.