Dollar tushishda davom etmoqda — 25-avgustda amalda bo‘ladigan valyutalar kursi

Dollar va rubl so‘mga nisbatan arzonlashdi.
Sputnik
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 25-avgustda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 18,53 so‘mga pastladi va 12 049,02 so‘mni tashkil qildi. Yevro esa 25,76 so‘mga qimmatlashib, 13 070,78 so‘mga teng bo‘ldi.
Rubl 0,25 so‘mga pastladi va 127,61 so‘mni tashkil qildi.