Toshkent metrosi poyezdlari harakati oraliq vaqti qisqaradi

Tig‘iz vaqtlarda Chilonzor yo‘nalishida 1,5 daqiqalik, O‘zbekiston yo‘nalishida esa 3−3,5 daqiqalik intervalda poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Sputnik
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. 4 sentabr — yangi o‘quv yili boshlanishi bilan Toshkent metropoliteni tig‘iz paytda poyezdlar oraliq harakatlanish vaqtini qisqartiradi.
O‘zA xabariga ko‘ra, Chilonzor yo‘nalishida 1,5 daqiqalik, O‘zbekiston yo‘nalishida esa 3-3,5 daqiqalik hamda Yunusobod yo‘nalishida esa 5 daqiqalik intervalda poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Ta’kidlanishicha, bunga ichki resurslardan maksimal darajada foydalanish evaziga erishiladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi yangi 2023/2024 o‘quv yili 4-sentabrdan boshlanadi. Metro bekatlariga yaqin 31 ta OTMda dars jarayonlari boshlanish vaqti o‘zgaradi. Bu shahar metropolitenida yo‘lovchi oqimini to‘g‘ri taqsimlash, talabalarning o‘z vaqtida dars mashg‘ulotlariga yetib borishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida qabul qilingan qaror.