Kimning qo‘lida kichkina bo‘lsayam kasbi bo‘lsa, kuni o‘tadi — Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev Oqdaryo tumanidagi 32-umumta’lim maktabi o‘qituvchilari va mehnat faxriylari bilan muloqot qildi.
Sputnik
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi 32-umumta’lim maktabini kirib ko‘rdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Mazkur maktab joriy yilda kapital ta’mirlandi. U 782 o‘quvchiga mo‘ljallangan. 22 ta sinfxona, sport zali, oshxona, STEM laboratoriyasi, kompyuter xonalarida zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Kutubxonada 1 ming 500 dan ziyod badiiy adabiyotlar jamlangan.
Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi 32-umumta’lim maktabini kirib ko‘rdi.
Qayd etilishicha, yoshlarni kamida ikkita chet tili va bitta zamonaviy hunarga o‘rgatish maktab ta’limidagi asosiy yo‘nalish sifatida belgilangan. Maktabning bo‘sh turgan yer maydonida yengil konstruksiyalardan qo‘shimcha xonalar qurilib, 15 xil kasb-hunar uchun sharoit tashkil etilgan.
Ularda o‘quvchilar kompyuter, texnik xizmat ko‘rsatish, to‘quvchilik, sartaroshlik, kosmetologiya, kulolchilik, o‘ymakorlikning ilk saboqlarini o‘rganadi.
Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi 32-umumta’lim maktabini kirib ko‘rdi.
Prezident ushbu xonalarni kirib ko‘rdi, yozgi to‘garakka kelgan bolalar bilan suhbatlashdi.
Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi 32-umumta’lim maktabini kirib ko‘rdi.
"Biz oliy ta’limda qamrovni kengaytirib borapmiz. Lekin hamma ham universitetda o‘qishni tanlamaydi. Shuning uchun farzandlarimizga maktabdayoq chet tillari va hunarlar o‘rgatishni maqsad qilganmiz. Kimning kichkina bo‘lsayam qo‘lida kasbi bo‘lsa, kuni o‘tadi. Keyin yana o‘z ustida ishlab, mahoratini oshirishi ham mumkin. Maqsadimiz - har bir yoshga munosib sharoit yaratish", - dedi davlat rahbari.
Shavkat Mirziyoyev shu yerda o‘qituvchilar va mehnat faxriylari bilan muloqot qildi.
1 / 6
2 / 6
3 / 6
4 / 6
5 / 6
6 / 6
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatida bo‘lib turibdi. Safar davomida viloyatdagi bunyodkorlik ishlari, ta’lim maskanlari faoliyati, sanoat va xizmat ko‘rsatish loyihalari bilan tanishiladi. Shuningdek, Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilishi rejalashtirilgan.