TOShKENT, 24 avg — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkmanistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Shadurdi Meredovdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.
“So‘nggi yillarda aloqalarimiz misli ko‘rilmagan darajada kengayganiga guvoh bo‘ldik. Erishilgan yutuqlar talaygina, yanada ko‘prog‘i esa hali oldinda”, - deya yozdi Saidov o‘zining Telegram-kanalida.
Vazir elchiga mamlakatdagi faoliyati mobaynida muvaffaqiyatlar tilagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shadurdi Meredov Turkmanistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlangani xabar qilingan edi.