O‘zbekiston va YeOII

O‘zbekistonning YeOII bilan tashqi savdo aylanmasi qanday o‘smoqda

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining asosiy qismi an’anaviy ravishda Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi.
Sputnik
TOShKENT, 24 avg – Sputnik. O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2023-yilning yetti oyi davomida 8,7 milliard dollarni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 500 million dollarga ko‘pdir. Bunday ma’lumotlar O‘zbekiston Statistika agentligi tomonidan taqdim etilgan.
Yanvar-iyul oylarida eksport hajmi 3 milliard dollarni, import hajmi esa 5,7 milliard dollarni tashkil etdi.
Tashqi savdo aylanmasining katta qismi an’anaviy ravishda Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi — 5,3 milliard dollar (2022 yilning shu davri uchun 4,8 milliard dollar).
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) xalqaro yuridik maqomga ega bo‘lgan mintaqaviy iqtisodiy integratsion tashkilot bo‘lib, u 2014-yil 29-maydagi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi to‘g‘risidagi shartnoma asosida tashkil etilgan.
Hozirda YeOII beshta davlatni o‘z ichiga oladi: Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya. YeOII tovarlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchi harakati erkinligini, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarida muvofiqlashtirilgan, izchil va yagona siyosatni amalga oshirishni ta’minlaydi. 2020-yil 11-dekabrdan O‘zbekiston YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi.