TOShKENT, 24 avg — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan sambo bo‘yicha jahon kubogida 18 ta medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi xabar berdi.
Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahrida 22-23 avgust kunlari sambo bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi.
Ushbu musobaqada dunyoning turli mamlakatlaridan sambochilar 24 ta vazn toifasida sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishdi.
O‘zbekistonlik sportchilar sambo bo‘yicha jahon kubogida 18 ta medalga ega chiqishdi.
© Ministerstvo molodejnoy politiki i sporta respubliki Uzbekistan
“Bellashuvlarda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari umumiy hisobda 18 ta (3 ta oltin, 8 ta kumush va 7 ta bronza) medalga ega chiqishdi”, - deyiladi xabarda.
O‘zbekistonlik sportchilar sambo bo‘yicha jahon kubogida 18 ta medalga ega chiqishdi.
© Ministerstvo molodejnoy politiki i sporta respubliki Uzbekistan
Terma jamoa safida sovrindor bo‘lgan sportchilar:
Oltin:
-59 kg: Shahzoda Azatova (jangovar sambo)
-88 kg: Sohib Hasanboyev (jangovar sambo)
+98 kg: Islom Nosirov (jangovar sambo)
Kumush:
-72 kg: Gulina Obloqulova (jangovar sambo)
-64 kg: Sardor Olimjonov
-71 kg: Dilshodbek Yo‘ldoshev
-98 kg: Ne’mat Yoqubov
-50 kg: Gulsevar O‘roqova
-58 kg: Egambergan Iskandarov (jangovar sambo)
-71 kg: Oybek Soliyev (jangovar sambo)
+80 kg: Xosiyat Masharipova
Bronza:
-71 kg: Ubaydullo Mo‘minov
-98 kg: Mirzohid To‘xtashev
-59 kg: Mamlakat Sultonova (jangovar sambo)
-58 kg: Lutfilla Saydamatov (jangovar sambo)
-88 kg: Zafar Ahrorov (jangovar sambo)
-54 kg: Farog‘at Nurmamatova
-72 kg: Begoyim Hayitova.
O‘zbekistonlik sportchilar sambo bo‘yicha jahon kubogida 18 ta medalga ega chiqishdi.
© Ministerstvo molodejnoy politiki i sporta respubliki Uzbekistan