Bugun Mirziyoyev Samarqand viloyatiga boradi

Safar davomida viloyatdagi bunyodkorlik ishlari, ta’lim maskanlari faoliyati, sanoat va xizmat ko‘rsatish loyihalari bilan tanishiladi.
Sputnik
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Bugun Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatida bo‘ladi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot kotibi.
Qayd etilishicha, safar davomida viloyatdagi bunyodkorlik ishlari, ta’lim maskanlari faoliyati, sanoat va xizmat ko‘rsatish loyihalari bilan tanishiladi.
Shuningdek, Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilishi rejalashtirilgan.