BRIKSga a’zo bo‘lishi kutilayotgan beshta mamlakat nomi ma’lum bo‘ldi

BRIKS tashkilotning yana beshta davlatga kengayishini e’lon qilishi kutilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Argentina, Eron, Saudiya Arabistoni, Misr va BAA BRIKSning yangi a’zolariga aylanadi. Bu haqda Braziliyaning UOL axborot portali sammit yakuniy hujjati loyihasiga tayanib ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Unga ko‘ra, yangi ishtirokchi davlatlar geografik jihatdan taqsimlangan.

"BRIKS tashkilotning yana beshta davlatga kengayishi haqida e’lon qiladi... Mamlakatlarning yakuniy ro‘yxatiga Saudiya Arabistoni, Argentina, Eron, BAA, Misr kiradi”, - deyiladi xabarda.

Portal ma’lumotlariga ko‘ra, geografik muvozanatni saqlash maqsadida ro‘yxatga boshqa Afrika davlati ham kiritilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, kecha BRIKS davlatlari ittifoqni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda BRIKS besh davlatni birlashtiradi: Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va JAR. O‘z navbatida, 23 davlat iqtisodiy blokka qo‘shilish istagini bildirgan - Jazoir, Argentina, Bangladesh, Bahrayn, Belarus, Boliviya, Kuba, Misr, Efiopiya, Gonduras, Indoneziya, Eron, Qozog‘iston, Kuvayt, Marokash, Nigeriya, Falastin, Saudiya Arabistoni, Senegal, Tailand, BAA, Venesuela va Vyetnam.