O‘zbekiston va YeOII

YeOII G‘arb bosimida mustahkamlik sinovidan o‘tmoqda – Mishustin

Rossiya bosh vaziri YeOII uchun fuqarolar hayoti uchun munosib qulay muhitni rivojlantirish alohida muhim ekanini qayd etdi.
Sputnik
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) G‘arb tomonidan misli ko‘rilmagan bosim bo‘layotgan sharoitda mustahkamlik sinovidan o‘tmoqda. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin ma’lum qildi.

“Murakkab tashqi vaziyat, kollektiv G‘arb tomonidan misli ko‘rilmagan bosim sharoitida – Ittifoq (YeOII – tahr.) mustahkamlik sinovidan o‘tmoqda. Ammo u bir necha bor qodirligi va talabgir ekanini isbotlab bo‘lgan. “Beshlik” mamlakatlari birgalikda eng qiyin masalalar yuzasidan o‘zaro maqbul yechimlarni topishiga ishonchim komil. Axir biz bir-bir birimizga quloq tuta olamiz va xalqlarimiz farovonligi yo‘lida kelisha olamiz”, - dedi Mishustin YeOII hukumat rahbarlari yig‘ilishida.

Rossiya bosh vaziri YeOII uchun fuqarolar hayoti uchun munosib qulay muhitni rivojlantirish alohida muhim ekanini qayd etdi.
Armanistonda Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya hukumat rahbarlari ishtirok etmoqda.
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mintaqaviy iqtisodiy integratsion tashkilot. U tashkil etilgan. Hozir YeOIIga beshta davlat a’zo: Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya. YeOII tovarlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchi harakati erkinligini, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarida muvofiqlashtirilgan, izchil va yagona siyosatni amalga oshirishni ta’minlaydi. 2020-yil 11-dekabrdan O‘zbekiston YeOIIda kuzatuvchi maqomiga ega.
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekistonning YeOII bilan tashqi savdo aylanmasi qanday o‘smoqda