TOShKENT, 24 avg — Sputnik. BRIKSga oltita mamlakatni qo‘shish to‘g‘risidagi qaror G‘arb bilan qarama-qarshilik fonida Xitoy va Rossiya g‘alabasidan dalolat beradi. Bu haqda “The Wall Street Journal” gazetasi yozmoqda.
“BRIKS kengayishi – bu G‘arb bilan geosiyosiy va iqtisodiy raqobat kuchayishi ortidan blokning kengayishida turib olgan Xitoy raisi Si Szinpin va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning g‘alabasi. Ular a’zolar soni ko‘payishi rivojlanayotgan mamlakatlarga kuchli ovoz berishi, ular kattaligiga mos kelishini ta’kidlashgandi”, - deyilgan maqolada.
Nashrning ta’kidlashicha, Pekin AQShga shubha bilan qaraydigan Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasi mamlakatlari bilan do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga intilmoqda. Maqolada yozilishicha, Moskva yangi bozorlarga chiqishga, yangi ittifoqchilarni topishga va bu bilan Ukrainadagi harbiy operatsiya tufayli kiritilgan sanksiyalar ta’sirini yumshatishga intilmoqda.
Janubiy Afrika prezidenti Siril Ramaposa Yoxannesburgda 22-24 avgust kunilari bo‘lib o‘tgan BRIKSning 15-sammiti yakunlariga ko‘ra, birlashmani kengaytirishga qaror qilinganini ma’lum qildi. Argentina, Misr, Eron, BAA, Saudiya Arabistoni va Efiopiya 2024-yil 1-yanvardan BRIKSga a’zo bo‘ladi.