TOShKENT, 24 avg — Sputnik. BRICS ishtirokchilar soni kengaytirilgandan keyin ham assotsiatsiya nomini saqlab qolish tarafdori bo‘ldi, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Janubiy Afrikadagi sammit yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida.
"Hamma shu nom qolishi tarafdori bo‘ldi, chunki u allaqachon brendga aylangan. BRIKS safiga yangi kelganlarning hech biri boshqacha taklif bildirmadi", - dedi Rossiya TIV rahbari.
Lavrovning aytishiga ko‘ra, ushbu nomni saqlab qolishi “barcha ishilar davomiyligini anglatadi”.
Ma’lumot uchun, BRIKS qisqartmasi kiruvchi mamlakatlar nomlarining birinchi harflaridan tuzilgan: Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika.
22-24 avgust kunlari Yoxannesburgdagi sammitda Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Eron, Argentina, Misr va Efiopiya ushbu iqtisodiy blokka a’zo bo‘lish uchun rasmiy taklif oldi. Ularning to‘liq a’zoligi 2024-yil 1-yanvardan boshlanadi. Ma’lum bo‘lishicha, ayni damda jami 23 davlat BRIKSga qo‘shilish istagini bildirgan.