TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Turizm qo‘mitasida “Burjeel Holding” vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Burjeel Holding” 2007-yili tashkil etilgan bo‘lib, BAA, O‘mon va Fors ko‘rfazi davlatlarida faoliyat yurituvchi yetakchi integratsiyalashgan xususiy sog‘liqni saqlash provayderi hisoblanadi.
© Ministerstvo kulturi i turizma
“Tibbiy turizmni rivojlantirish butun sohaning eng muhim yo‘nalishlaridan biridir”, – deydi Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shodiyev.
Muzokaralar yakunida xorijiy delegatsiya 2023-yilda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan BMT Jahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasi doirasida o‘tkaziladigan Global investitsiya forumida ishtirok etishga taklif qilindi.
Ma’lumot uchun, 2022-yili kompaniya 5,4 milliondan ortiq bemorga xizmat ko‘rsatdi, 123 mingdan ortiq statsionar bemorlar davolandi. Umumiy bemor o‘rinlari 1700 dan ortiq. Shu bilan birga, kompaniyaning sog‘liqni saqlash sohasida ikkita ilg‘or texnologiyalar markazi mavjud.