Dollar yana tushdi — 24-avgustda amalda bo‘ladigan valyutalar kursi

Dollar, yevro va rubl so‘mga nisbatan arzonlashdi.
Sputnik
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 24-avgustda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 22,38 so‘mga pastladi va 12 067,55 so‘mni tashkil qildi. Yevro esa 140,26 so‘mga arzonlashib, 13 045,02 so‘mga teng bo‘ldi.
Rubl 0,57 so‘mga pastladi va 127,86 so‘mni tashkil qildi.