TOShKENT, 23 avg — Sputnik. “Soyuz-2.1a” raketa tashuvchisi “Progress MS-24” yuk transport kemasi bilan Baykonur kosmodromidan uchirildi. Bu haqda Roskosmos xabar berdi.
Kema raketaning uchinchi qismidan ajralgandan keyin mustaqil ravishda Xalqaro kosmik stansiya parvoz qilishni boshladi. Ikki kundan keyin u stansiyaga yaqinlashadi. Tutashuv 25-avgust Moskva vaqti bilan soat 06:50 ga rejalashtirilgan. Kema fazoda jami 174 kun bo‘lishi kutilmoqda.
“Progress MS-24” kemasi Xalqaro kosmik stansiyaga qariyb 2,5 ming kg yuk yetkazib berishi kerak. Yuklar orasida 500 kg yonilg‘i, 420 litr ichimlik suvi, 40 kg ballonlarda siqilgan azot hamda 1 535 kiloga yaqin turli asbob-uskuna va materiallar bor. Materiallar tadqiqot o‘tkazish uchun mo‘ljallangan.