“Qo‘lga kiritilgan o‘lja”: Medvedev bo‘laklarga ajratilgan G‘arb harbiy texnikasiga baho berdi

Dmitriy Medvedev G‘arb harbiy texnikasiga baho berdi.
Sputnik
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Rossiya Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb qurollarida boshqalarga o‘xshamaydigan hech narsa yo‘q, Rossiya xuddi shunday yoki undan yaxshisini ishlab chiqarishga qodir. RIA Novosti
"Biz qo‘lga olingan g‘arb qurollarini zirhlarida Ukraina ramzlari tushirilgan texnikani bo‘laklarga ajratdik. Ularda boshqalarga o‘xshamaydigan hech narsa yo‘q. Biz ham shunday yoki ulardan yaxshiroq qila olamiz", - deb yozdi Medvedev "Argumenti i fakti" gazetasi uchun maqolasida.
U, shuningdek, Rossiya harbiy-sanoat majmuasi katta texnologik va ishlab chiqarish salohiyatiga ega ekanligini ta’kidladi, buni yaqinda o‘tkazilgan “Armiya-2023” forumi tasdiqlaydi.
"Rossiya harbiy-sanoat kompleksi nafaqat maxsus harbiy operatsiya ehtiyojlarini to‘liq qondirishga qodirligini, balki ulkan texnologik va ishlab chiqarish salohiyatiga ham ega ekanligini isbotladi. Yaqinda bo‘lib o‘tgan "Armiya-2023" forumi davomida qurolsozlarimiz buni yana bir bor namoyish etdi”, deyilgan maqolada.
"Armiya-2023" xalqaro harbiy-texnik forumi 14-20 avgust kunlari "Patriot" ko‘rgazma va anjumanlar markazida, Alabino poligonida va Kubinka aerodromida bo‘lib o‘tdi.
Ekspozitsiya va biznes dasturida Rossiyaning 1,5 mingga yaqin yetakchi mudofaa sanoati korxonalari, 7 davlatdan 85 xorijiy kompaniya va tashkilot ishtirok etdi.