Putin: G‘arbning o‘z ustunligini saqlab qolish ishtiyoqi Ukrainadagi inqirozga sabab bo‘ldi

Putinning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada avvaliga G‘arb mamlakatlari ko‘magida konstitutsiyaga zid ravishda davlat to‘ntarilishi amalga oshirilgan, keyin esa bu davlat to‘ntarilishidan norozi bo‘lganlarga qarshi urush boshlangan.
Sputnik
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. G‘arb mamlakatlarining dunyoda o‘z ustunligini saqlab qolish ishtiyoqi Ukrainadagi hozir inqirozga sabab bo‘ldi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin BRIKS sammitida onlayn nutq so‘zlayotib ma’lum qildi.
“Aynan dunyodagi o‘z ustunligini saqlab qolish ishtiyoqi, ayrim mamlakatlarning bu ustunlikni saqlab qolish ishtiyoqi Ukrainadagi og‘ir inqirozga olib kelganini ta’kidlamoqchiman”, - dedi Rossiya rahbari.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada avvaliga G‘arb mamlakatlari ko‘magida konstitutsiyaga zid ravishda davlat to‘ntarilishi amalga oshirilgan, keyin esa bu davlat to‘ntarilishidan norozi bo‘lganlarga qarshi urush boshlangan.
“Shafqatsiz urush, qirib tashlash uchun urush – sakkiz yil davomida”, - deya ta’kidladi Rossiya yetakchisi.
BRIKS sammiti 22-24 avgust kunlari Janubiy Afrikaning Yoxannesburg shahrida bo‘lib o‘tmoqda. U yerga Xitoy, Hindiston, Braziliya yetakchilari tashrif buyurgan. Rossiya nomidan esa mamlakat tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov qatnashmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin sammitda onlayn ishtirok etmoqda.