O‘zbekiston para pauerlifting bo‘yicha jahon chempionatida umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi

Milliy paralimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, dunyo birinchiligida ishtirok etgan 7 nafar o‘zbekistonlik sportchining barchasi sovrinli o‘rinlarni egalladi.
Sputnik
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. O‘zbekiston Dubay shahrida (Birlashgan Arab Amirliklari) yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan para pauerlifting bo‘yicha jahon chempionatida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
Milliy paralimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, dunyo birinchiligida ishtirok etgan 7 nafar o‘zbekistonlik sportchining barchasi sovrinli o‘rinlarni egalladi.
Xususan, Oxunjon Musurmonqulov, Umidjon Arzimetov, Ruxshona O‘ktamova va Jasurbek Yo‘ldoshevlar oltin, Firdavs Botirov kumush, Dildora Nurilloyeva hamda Umida Rajapova bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
“Ta’kidlash kerakki, yoshlarimiz ushbu jahon chempionatida 7 ta medal bilan umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi”, - deyilgan xabarda.
Umumjamoa hisobida Qozog‘iston ikkinchi, Ozarbayjon esa uchinchi o‘rinni egallagan.