TOShKENT, 23 avg — Sputnik. O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida funduk yetishtirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi
Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga davlat tashrifi dasturi doirasida qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov “Agrarko” kompaniyasi direktori Jovid Kazimov bilan uchrashdi.
Aziz Voitov “Agrarko” kompaniyasi direktori Jovid Kazimov bilan uchrashdi.
© Ministerstvo selskogo xozaystva
“Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida o‘rmon yong‘og‘ini yetishtirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi”, - deyiladi xabarda.
Aziz Voitov “Agrarko” kompaniyasi direktori Jovid Kazimov bilan uchrashdi.
© Ministerstvo selskogo xozaystva
Muzokaralar chog‘ida o‘rmon yong‘og‘ini O‘zbekistonda yetishtirish va uni qayta ishlash bo‘yicha yirik loyihani amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonda davlat tashrifi bilan bo‘lib turibdi. Tashrifning binichi kunida Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida Oliy davlatlararo kengash tashkil etish to‘g‘risidagi shartnomani imzolashdi. Shuningdek, tashrif doirasida davlatlar, hukumatlar va idoralar darajasida 15 ta hujjat qabul qilindi.