TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Ertaga, 24-avgust kuni O‘zbekistonning tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Prognozlarga ko‘ra, respublikada havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat tog‘oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Toshkentda shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +21-23, kunduzi +35-37 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm viloyatida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +20-25, kunduzi +33-38 daraja bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +20-25, kunduzi +35-40 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +19-24, kunduzi +34-39 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +20-25, kunduzi +35-40 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +17-22, kunduzi +33-38 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +13-18, kunduzi +25-30 daraja bo‘ladi.