Moskva Kiyev hujumlarini javobsiz qoldirmaydi – Rossiya TIV

Mariya Zaxarova Rossiya Qurolli kuchlari bu zarbalarni javobsiz qoldirmasligini ta’kidladi.
Sputnik
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Rossiya Kiyevning dronlar yordamida Moskvadagi obyektlarga uyushtirgan yangi terrorchilik hujumlarini keskin qoralaydi. Rossiya Qurolli kuchlari bu zarbalarni javobsiz qoldirmaydi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.
“Bu terrorchilik aktlarini keskin qoralaymiz. NATO mamlakatlarining sa’y-harakatlari bilan Rossiyaga qarshi kurashish vositasiga aylangan neonatsist Kiyev rejimining bunga o‘xshash xatti-harakatlari Rossiya Federatsiyasi huquqni muhofaza qiluvchi organlarining diqqat qilishi kerak bo‘lgan mavzu bo‘ladi. Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilishga oid o‘ta muhim vazifalarni bajarayotgan qurolli kuchlarimiz ham bularni javobsiz qoldirmaydi”, - deyiladi Rossiya TIV saytidagi bayonotda.
Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, hujumlardagi G‘arb maxsus xizmatlari roli ham e’tiborsiz qoldirilmaydi.
“Ukraina neonatsistlariga bunday uchuvchisiz uchar qurilmalar yo‘nalishlarini belgilab berishga yordam berayotgan razvedka ma’lumotlarini taqdim etayotgan G‘arb mamlakatlari maxsus xizmatlarining bu jinoyatlardagi rolini ham e’tiborsiz qoldirmoqchi emasmiz”, - deya ta’kidlagan diplomat.
Moskvada Ukrainaning uchta droni urib tushirildi