“Meykin Asia” III xalqaro festivalida o‘zbekistonlik xonanda sovrindor bo‘ldi

Festival “Turksoy” Xalqaro turk madaniyati tashkiloti tomonidan o‘tkazildi.
Sputnik
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Joriy yilning 17-21 avgust kunlari Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyatida 17-35 yosh oralig‘idagi estrada xonandalarining “Meykin Asia” III xalqaro festivali o‘tkazildi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi xabar berdi.
Festival “Turksoy” Xalqaro turk madaniyati tashkiloti tomonidano‘tkazildi.
Unda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Sloveniya, Makedoniya, Kipr, Ozarbayjon, Rossiya, Vengriya, Bosniya, Gersegovina, Serbiya, O‘zbekiston, Turkiyadan yorqin iste’dodlar ishtirok etishdi.
Festivalda O‘zbekiston nomidan respublika va xalqaro tanlovlar g‘olibi, O‘zbekiston respublikasi DXX Chegara qo‘shinlari “Ashula va raqs” ansambli artist-vokalisti Sarvinoz Kamalova qatnashdi. Sarvinoz Kamalova festivalda 2-o‘rin g‘olibi bo‘ldi.
3-o‘rin Kasiyet Idrisova (Qirg‘iziston);
3-o‘rin Adilkxan Makin (Qozog‘iston);
2-o‘rin Nade Talevska (Shimoliy Makedoniya);
2-o‘rin Kamalova Sarvinoz (O‘zbekiston);
1-o‘rin Ruslan Asankxan (Qirg‘iziston);
1-o‘rin Begum Tekakpinar (Shimoliy Kipr Turk Respublikasi);
Gran pri Aina Kalmaganbetova (Qozog‘iston).
G‘olib va sovrindorlar “Turksoy” Xalqaro turk madaniyati tashkiloti tomonidan diplom, medal va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.