Ertaga Yunusobodning ayrim hududlarida gaz o‘chiriladi

Ma’lum qilinishicha, ertaga soat 10:00 dan 18:00 gacha Yunusobod tumanining Yurtobod, Shoshtepa va Uvaysiy mahallalariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.
Sputnik
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Ertaga, 24-avgust kuni, Toshkent shahri Yunusobod tumanining ayrim hududlariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgazta’minot AJ” ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, ta’mirlash ishlari tufayli ertaga soat 10:00 dan 18:00 gacha Yunusobod tumanining Yurtobod, Shoshtepa va Uvaysiy mahallalariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.
Aholi xonadonlari soni – 2502 ta;
Ulgurji iste’molchilar soni – 16 ta.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘ragan.