Andijonda tozalikni saqlash uchun 360 gradusli kameralar ishga tushirilmoqda

Andijonga o‘rnatilgan 12 dona 360 darajali kameralar chiqindi tashlanishida har qanday qoidabuzarlikni aniqlaydi.
Sputnik
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Andijonda tozalikni saqlash uchun 360 gradusli kameralar ishga tushirilmoqda, deya xabar berdi viloyat hokimligi.
Qayd etilishicha, ayrim ko‘chalarda belgilanmagan joylarga chiqindi uloqtirish va tashlab ketish holatlari har qanday insonning kayfiyatiga ta’sir qilmay qolmaydi.
Bu kabi holatlarni oldini olish maqsadida viloyatda videokuzatuv kameralari ishga tushirilmoqda.
Andijonda tozalikni saqlash uchun 360 gradusli kameralar ishga tushirilmoqda.

“Andijon shahri hududlariga o‘rnatilgan 12 dona 360 darajali zamonaviy kameralar chiqindi tashlanishida har qanday qoidabuzarlikni aniqlashga xizmat qiladi”, - deyiladi xabarda.

V Andijane ustanovili spetsialnie kameri s uglom obzora 360°
Ma’lumot uchun, chiqindini belgilanmagan joyga tashlaganlik uchun fuqarolarga 330 ming so‘mdan - 990 ming so‘mgacha, mansabdor shaxslar uchun 3,3 mln so‘mdan - 6,6 mln so‘mgacha jarima belgilangan.