Ukraina muhim hududlarini yo‘qotishi bashorat qilindi

Amerikalik jurnalist Xinkl: Ukraina Qora dengiz va Lvovga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Mamlakatda jangovar harakatlar davom etsa, Ukraina muhim hududlarini yo‘qotadi. Bu haqda amerikalik jurnalist Jekson Xinkl ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

“Bu mojaro qanday yakunlanishini bilamiz. Ukraina dengizga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi, Polsha AQSh yordamida mamlakat g‘arbiga bostirib kiradi, Rossiya esa harbiy maqsadlariga erishadi”, - deya bashorat qildi jurnalist.

Uning fikricha, aynan Moskva qo‘shni davlatdagi vaziyatni o‘z shartlari asosida hal qiladi.

"Ular doim mendan so‘rashardi: "Jekson, bularning hammasi qanday tugaydi? Men javob berardim: “Rossiya qanday xohlasa, shunday”, - dedi Xinkl

Jurnalist, shuningdek, Vladimir Putin G‘arb Sharqiy Yevropada o‘z maqsadlariga erishish uchun nimaga borishga tayyorligini yaxshi bilishini qo‘shimcha qildi.