TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Rossiya Su-30SM qiruvchisi Qora dengizdagi gaz qazib olish uskunalari yaqinida Ukraina Qurolli kuchlarining katerini yo‘q qildi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Mudofaa vazirligiga tayanib xabar berdi.
"Bugun tunda Qora dengiz flotining Su-30SM harbiy-dengiz aviatsiyasi ekipaji Qora dengizdagi Rossiya gaz qazib olish uskunalari hududida Ukraina Qurolli kuchlarining razvedka kemasini yo‘q qildi", - deyiladi xabarda.
O‘tgan hafta Qora dengiz flotining "Pitliviy" va "Vasiliy Bikov" kemalari Sevastopoldan 237 kilometr janubi-g‘arbda ularga hujum qilishga uringan Ukrainaning ekipajsiz qayig‘ini aniqlab, yo‘q qilgan edi.
Ukraina Qurolli kuchlari vaqti-vaqti bilan Qrimdagi obyektlarga dengiz dronlari, jumladan Qrim ko‘prigiga hujum qilishga urinib ko‘rmoqda. Rossiya bo‘linmalari dronlarning ko‘p qismini yo‘q qildi.