O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida yirik savdo shartnomalari imzolandi

Bokuda ikki mamlakatning 250 dan ortiq yetakchi kompaniyalari vakillari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida yirik savdo shartnomalari va investitsiyaviy bitimlar imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, prezidentning Ozarbayjonga davlat tashrifi arafasida Boku shahrida ikki mamlakatning 250 dan ortiq yetakchi kompaniyalari vakillari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida yirik savdo shartnomalari imzolandi.

“Tadbir yakunlari bo‘yicha bir qator yirik savdo shartnomalari va investitsiyaviy bitimlar imzolandi”, - deyiladi xabarda.

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida yirik savdo shartnomalari imzolandi.
2022 yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 6 barobarga, joriy yil boshidan esa yana 40 foizga oshdi. Keyingi yillarda qo‘shma korxonalar soni 4 baravar ko‘paydi. Bugungi kunda O‘zbekistonda Ozarbayjon kapitali ishtirokidagi 200 dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-23 avgust kunlari davlat tashrifi bilan Ozarbayjonda bo‘ladi. Tashrif dasturida oliy darajadagi muzokaralar hamda ikki mamlakat yetakchilari ishtirokidagi boshqa tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.