TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Moskva va Bransk viloyatlarida Ukraina dronlari yo‘q qilindi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Mudofaa vazirligiga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, Havo hujumidan mudofaa kuchlari kechasi Moskva viloyatida Ukrainaning ikkita dronini urib tushirdi. Bransk viloyatida yana ikkitasi bostirildi, qurbonlar yo‘q.
“Bugun tunda Kiyev rejimining uchuvchisiz uchish apparatlari orqali teraktlar uyushtirishga bo‘lgan urinishi bartaraf etildi. Havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan aniqlangan va elektron kurashish tizimlari tomonidan bostirilgan ikkita dron Bransk viloyati hududida qulab tushdi. Moskva viloyati hududida havo mudofaasi tomonidan ikkita uchuvchisiz uchuvchi samolyot aniqlandi va yo‘q qilindi”, - deyiladi xabarda.
Mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, hodisalar oqibatida hech kim jabrlanmagan.