Mirziyoyev Ozarbayjonga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 22-23 avgust kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev 22-23 avgust kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
Tashrif dasturida oliy darajadagi muzokaralar hamda ikki mamlakat yetakchilari ishtirokidagi boshqa tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Kun tartibidan O‘zbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ustuvor yo‘nalishlardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Muzokaralar yakunida ikki tomonlama bitimlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.