TOShKENT, 22 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga davlat tashrifining birinchi kuni Boku shahridagi Shahidlar xiyoboniga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ozarbayjon poytaxtining qoq markazida joylashgan ushbu yodgorlik majmuasida mamlakat ozodligi va hududiy yaxlitligi yo‘lida qurbon bo‘lgan yurt qahramonlari dafn etilgan.
O‘zbekiston yetakchisi yodgorlikka gulchambar qo‘yib, Ozarbayjon vatanparvarlari xotirasiga ehtirom ko‘rsatdi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyeva bilan Haydar Aliyev qabrini ziyorat qilgandi.