Erdog‘an Putin bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Rossiyaga tashrif buyuradi – OAV

Ta’kidlanishicha, Rossiya va Turkiya yetakchilari don bitimi istiqbollarini muhokama qilishadi.
Sputnik
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazish uchun yaqin kunlarda Rossiyaga tashrif buyuradi. Bu haqda “Yeni Şafak” gazetasi o‘z manbasiga tayangan holda yozmoqda.
“Prezident ma’muriyatidagi manbalardan olingan ma’lumotga ko‘ra, Erdog‘an tashrifi “don yo‘lagi” to‘g‘risidagi bitimni amalga oshirishni davom ettirish uchun g‘oyat muhim qadam bo‘ladi”, - deyilgan xabarda.
Nashrning yozishicha, Rossiya va Turkiya yetakchilari don bitimi istiqbollarini muhokama qilishadi.
Don bitimi 18-iyul kuni to‘xtatildi. Rossiya Turkiya, Ukraina va BMTni uning uzaytirishga qarshi ekanligidan xabardor qildi, chunki bitimning Moskvaga nisbatan shartlari bajarilmagan. Xususan, Rossiya oziq-ovqat va o‘g‘it mahsulotlarini dunyo bozoriga eksport qilishga qo‘yilgan cheklov olib tashlanmagan.
Avvalroq RIA Novosti ham o‘z manbasiga tayangan holda Erdog‘an muzokaralar uchun Rossiyaga tashrif buyurishi mumkinligi haqida xabar qilgan edi. Uchrashuv sanasi hozircha ma’lum emas. Barchasi ikki davlat prezidentlarining ish jadvaliga bog‘liq bo‘ladi.