Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) yagona mehnat bozori tufayli Rossiyaga ishlash maqsadida kelgan a’zo davlatlar fuqarolari uchun qator imtiyozlar mavjud: patent olmasdan ishlash, tibbiy sug‘urta, oila a’zolari bilan birga kelish va boshqa qator afzalliklar.
Batafsil - Sputnik videosida.
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) 2014-yilda Rossiya, Belarus va Qozog‘iston o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Bu ittifoqqa 2015-yilda Armaniston va Qirg‘iziston a’zo bo‘lgan, Moldova va Kuba kuzatuvchi maqomiga ega. O‘zbekiston 2020-yil dekabr oyida YeOIIda kuzatuvchi davlat maqomini olgan.