Buxoroda ko‘makka muhtoj oilalarning 5 nafar farzandiga sunnat to‘yi qilib berildi — video

Tadbirda to‘y bolalarning har biriga velosiped, bosh-oyoq sarpo hamda boshqa qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Sputnik
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Buxoroda ko‘makka muhtoj oilalarning 5 nafar farzandiga sunnat to‘yi qilib berildi. Bu haqda Vobkent tuman hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Tuman hokimligi va tadbirkor Ne’mat Tohirov tomonidan kam ta’minlangan, ko‘makka muhtoj va boquvchisini yo‘qotgan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning 5 nafar farzandiga sunnat to‘ylari o‘tkazib berildi.
Tadbirda bolalar kelajakda vatan rivoji uchun xizmat qiladigan komil shaxs bo‘lib kamol topishiga ishonch bildirildi.
Tadbirda to‘y bolalarning har biriga velosiped, bosh-oyoq sarpo hamda boshqa qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Bolalarning ota-onalari ushbu tadbirni tashkillashtirganlarga o‘z minnatdorliklarini izhor qildi.