TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva BRIKS safi kengayishini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
“O‘ylaymanki, bu uchrashuvda (Yoxannesburgdagi BRIKS sammitida – tahr.) yangi mamlakatlar qo‘shilishi masalasi yuzasidan biror bir muhim qarorlar qabul qilinadi”, - dedi u.
Braziliya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, bu ham birlashma, ham “beshlik” tomonidan tuzilgan BRIKS Yangi taraqqiyot banki mustahkamlanishiga imkon beradi.
Luis Inasiu Lula da Silva kengayish uchun birlashmaga yangi reglament lozimligini ta’kidladi.
Avvalroq Xitoy BRIKS kengayishi g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan edi.
Bugungi kunda BRIKS Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrikani birlashtiradi. So‘nggi paytlarda bu tashkilotga a’zo bo‘lish istagini bildirgan mamlakatlar soni ortib bormoqda. Argentina, Eron, Jazoir, Tunis, Turkiya, Saudiya Arabistoni va Misr shulardan jumlasidan.
BRIKS sammiti 22-24 avgust kunlari Yoxannesburgda bo‘lib o‘tadi. U yerga Xitoy, Hindiston, Braziliya yetakchilari tashrif buyurgan. Rossiya nomidan esa mamlakat tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov qatnashadi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin sammitda onlayn ishtirok etishini ma’lum qilgan.