TOShKENT, 21 avg — Sputnk. O‘zbekiston Yaponiya bilan hamkorlikda yerlar unumdorligini oshiradi. Bu haqida Bu haqida Toshkent Davlat Agrar universitetida bo‘lib o‘tgan seminarda ma’lum bo‘ldi.
“O‘zbekistonda yuqori konsentratli fulvo kislotadan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi yerlarini yaxshilash texnologiyasi” mavzusidaseminar bo‘lib o‘tdi. Unda Yaponiya suyuq o‘g‘itlaridan foydalanish natijasi haqida ma’lumot berildi.
"Institutimiz olimlari Yaponiya kompaniyasi mutaxassislari bilan hamkorlikda ushbu mahsulotini qo‘llash borasida (Fujimin suyuq o‘g‘iti - tahr.) qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazdi. Dastlabki xulosalarga ko‘ra, yerlar sho‘rlanishiga qarshi samarali vosita va tuproqlarni sog‘lomlashtirishda ham uning ijobiy natijasi ko‘rinmoqda. Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqda", —deydi Tuproqshunoslik instituti direktori Shuhrat Bobomurodov.
Seminarda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimoviy tadqiqotlar instituti direktori Shuhrat Bobomurodov hamda Yaponiya davlatining “Japan Conservation Engineers & Co. LTD” kompaniyasi menejeri Yoshida Kazuyo, tuproq bo‘yicha maslahatchi Akiyama Nanako va vazirlikning boshqarma boshliqlari hamda respublikamizdagi fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirok etishdi.