TOShKENT, 21 avg — Sputnik. Xitoy BRIKS safi kengayishini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda mamlakat TIV matbuot xizmati RIA Novostiga ma’lum qildi.
“BRIKS oshkora va inklyuziv mexanizmni ifoda etishiga Xitoyning ishonchi hamisha komil bo‘lgan. Pekin BRIKS kengayishi jarayonini qo‘llab-quvvatlaydi va BRIKS “katta oilasiga” tezroq ko‘plab hamkorlarning qo‘shilishini olqishlaydi”, - deyilgan xabarda.
BRIKS sammiti 22-24 avgust kunlari Yoxannesburgda bo‘lib o‘tadi. U yerga Xitoy, Hindiston, Braziliya yetakchilari tashrif buyuradi. Rossiya nomidan esa mamlakat tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov qatnashadi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin sammitda onlayn ishtirok etishini ma’lum qilgan.
Bugungi kunda BRIKS Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrikani birlashtiradi. So‘nggi paytlarda bu tashkilotga a’zo bo‘lish istagini bildirgan mamlakatlar soni ortib bormoqda. Argentina, Eron, Jazoir, Tunis, Turkiya, Saudiya Arabistoni va Misr shulardan jumlasidan.