Navoiyda noqonuniy mayning ferma aniqlandi

Oilaviy korxona egasi non mahsulotlari o‘rniga mayning ferma faoliyatini yo‘lga qo‘ygani aniqlandi.
Sputnik
TOShKENT, 21 avg — Sputnik. DXX Navoiy viloyatining Karmana tumanida noqonuniy mayning ferma faoliyatiga chek qo‘ydi, deb xabar qilmoqda "O‘zbekiston 24" telekanali.
Karmana tumanida oilaviy korxona rahbari non va non mahsulotlarini ishlab chiqarish sharti bilan elektr energiyasiga noqonuniy ulangan holda mayning ferma faoliyatini yo‘lga qo‘ygani aniqlandi.
Oilaviy korxona egasi uy sharoitida 111 dona mayning qurilmalaridan foydalangan holda davlat manfaatlariga 984 mln so‘m miqdorida zarar keltirgan.
Hozirgi vaqtda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.