TOShKENT, 21 avg — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) bajarilgan qurilish ishlari hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,7 foizga oshdi va qariyb 6,3 trillion rublni tashkil etdi. Yevroosiyo iqtisodiy kommissiyasi (YeIK) ma’lumotlari bundan darak bermoqda.
O‘sish YeOIIning barcha mamlakatlarida kuzatilgan: Armanistonda 48,8 foiz, Belarusda 12,1 foiz, Qozog‘istonda 12,3 foiz, Qirg‘izistonda 22,9 foiz, Rossiyada 9,2 foiz o‘sish bo‘lgan.
YeOIIda 2023-yil yanvar-iyun oylarida turarjoyni ishga tushirish o‘tgan yilning mos davriga qaraganda 0,3 foizga oshgan. Armaniston (72,2 foiz) va Qozog‘istonda (11,8 foiz) yuqori ko‘rsatkich qayd etilgan.
YeOIIda jami umumiy maydoni 61,9 million kvadrat metr bo‘lgan turarjoy foydalanishga topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq YeOIIdan O‘zbekistonga import oshayotgani xabar qilingan edi.
YeOII
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) 2014-yilda Rossiya, Belarus va Qozog‘iston o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Bu ittifoqqa 2015-yilda Armaniston va Qirg‘iziston a’zo bo‘lgan, Moldova va Kuba kuzatuvchi maqomiga ega. O‘zbekiston 2020-yil dekabr oyida YeOIIda kuzatuvchi davlat maqomini olgan.
YeOIIning maqsadi — a’zo davlatlar aholisining turmush darajasini yuksaltirish borasida barqaror rivojlanish uchun sharoitlar yaratish, tovarlar, xizmatlar, kapital va ish resurslarining yagona bozorini shakllantirishga harakat qilish, global iqtisodiyot sharoitida milliy iqtisodiyotlarning raqobatbardoshligini oshirish, har tomonlama modernizatsiyalash va o‘zaro kooperatsiyani rivojlantirishdan iborat.