O‘zbekiston va YeOII

YeOII dori vositalarini ro‘yxatga olishni soddalashtirishni rejalashtirmoqda

Loyiha 2023-yilning to‘rtinchi choragida YeIK ha’yat yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi.
Sputnik
TOShKENT, 21 avg — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) ekspertlari YeOIIda dori vositalarini ro‘yxatga olishni soddalashtirish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy kommissiyasi (YeIK) matbuot xizmati xabar berdi.
Tegishli masala komissiyaning tegishli ekspert qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida ko‘rib chiqildi.
“Umumiy bozorning barqaror ishlashini va undagi dori vositalarining Ittifoq talablariga muvofiq aylanishini ta’minlash maqsadida ro‘yxatga olish tartib-taomillarini soddalashtirish masalalari nihoyatda muhim bo‘lib, forum va anjumanlar munozaralar maydonchalarida, ishbilarmonlar bilan uchrashuvlarda doimiy ravishda muhokama qilib kelinmoqda”, - dedi YeIKning texnik jihatdan tartibga solish vaziri Viktor Nazarenko.
Yig‘ilishda YeIKning qaror loyihasi ko‘rib chiqildi va ma’qullandi. U qator nizomlarga o‘zgartirish kiritishni nazarda tutadi. Muddatsiz ro‘yxatga olish guvohnomalarini berish qoidalari o‘zgartiriladi, ro‘yxatga olish fayliga ro‘yxatga olish tartibi bilan bir vaqtda o‘zgartirishlar kiritish imkoniyatlari maqbullashtiriladi.
Loyiha shu yilning to‘rtinchi choragida YeIK ha’yat yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi.
Avvalroq YeOII mamlakatlarida qurilish ishlari hajmi oshgani xabar qilingan edi.