Dollar yana ko‘tarildi — 22-avgustda amalda bo‘ladigan valyutalar kursi

Dollar va yevro so‘mga nisbatan qimmatlashdi.
Sputnik
TOShKENT, 21 avg — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 22-avgustda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 20,01 so‘mga ko‘tarildi va 12 100,02 so‘mni tashkil qildi. Yevro esa 6,81 so‘mga qimmatlashib, 13 190,23 so‘mga teng bo‘ldi.
Rubl 1,18 so‘mga pastladi va 128,32 so‘mni tashkil qildi.