TOShKENT, 21 avg — Sputnik. Davlatga tegishli va kapitalida davlat ulushi bo‘lgan 31ta yirik korxona va banklar aksiyalarini boshqarish O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligiga qaytarildi. Bu haqida Normativ-huquqiy hujjatlar portalida e’lon qilingan prezident qarorida aytib o‘tilgan.
Qarorga muvofiq, 2023-yilning 1-martida UzAssets investitsiya kompaniyasiga boshqaruvga berilgan O‘zbekistonning 31 ta kompaniyalari va tijorat banklari ustav fondidagi davlat aksiyalari 2 hafta ichida Iqtisodiyot va moliya vazirligi boshqaruviga qaytariladi.
Ushbu korxonalar ro‘yxatida O‘zbekistoning eng yirik "Navoiy KMK", "Olmaliq KMK", "O‘zbekneftgaz" AJ, "O‘ztransgaz" AJ, "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ, "O‘zkimosanoat", "Navoiyazot", "O‘zbekiston temir yo‘llari", "O‘zavtosanoat", "Uzbekistan Airways", "Uzbekistan airports" kabi korxonalar o‘rin olgan.
Qarorda, shuningdek, bir oy ichida "UzAssets" investitsiya kompaniyasining tashkiliy tuzilmasi, ijroiya organi va kuzatuv kengashi tarkibini qayta tasdiqlash belgilangan.
Investitsiya kompaniyasi yil oxiriga qadar unga boshqaruvga berilgan korxonalar va banklar uchun 2024-yilga biznes rejalash ishlab chiqishi va boshqaruv lavozimlariga xorijiy mutaxassislar tayinlashni taklif qilishi kerak.